UNIVERSITETDA SUMALAK SAYLI

"TIQXMMI"Milliy tadqiqit Universitetining talabalar turar joyi orqa maydonchasi 30.03.2023 sanasida o'zgacha chiroy kasb etdi hamda ajoyib kun bo'lib talabalar, rahbarlar-u xodimlar qalbiga muhrlandi. Yengilgina yog'ib o'tgan yomg'irdan so'nggi bahoriy havo ham o'zgachalik baxsh etib turdi.

Katta doshqozonlarda esa sumalaklar qaynab, barcha yaxshi tilaklar aytib sumalak kavlashga kirishdi. El suygan xonanda Anvar Sobirovning tashrifi esa ko'tarinki kayfiyat baxsh etdi. Sho'x jonli ijrolarga raqslar tushildi. Osmon bugun shunchalar musaffo edi-ki, beixtiyor go'zal istaklar dildan ko'chdi: qalblarimiz shu samo yanglig' shaffof, toza bo'lsin. Yurtimiz tinch, Universitetimiz yutuqlari bardavom bo'lsin!

"Energetika" fakulteti tyutori Nuraliyeva Zilola axboroti